Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Fevral oyi boshqa oylarga qaraganda tun va kun jihatidan qisqa bo‘lsada, bu oyda o‘zbek mumtoz adabiyotining benazir vakillari, o‘zining bebaho asarlari bilan hozirgacha butun dunyo ahlini rom qilib kelayotgan ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanalarni o‘z ichiga olganligi bilan e’tiborga molik oydir. Shu o‘rinda ta’bir joiz bo‘lsa ushbu oyni ma’rifat oyi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Aynan mana shu oyda yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida ikki buyuk shaxsni xotirlab turli tadbirlar, adabiy kechalar o‘tkazilib kelinishi odatga aylanib ulgurgan.   

     2020-yilning 12-fevral kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida ham Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537-yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

     Tadbirga Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari O‘tkirbek Rahmonov, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshidagi “Nafosat” klub rahbari, shoir va yozuvchi G‘ani Majid, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Ijod” fondi Andijon viloyat bo‘limi rahbari, shoir Orifjon Meliyev, Shoir Odil Azim, Andijon viloyat teatri musiqa rahbari, xonanda To‘raxon Qodirov, Mumtoz qo’shiqlar ijrochisi Avaz Abdusalom, ustazoda bastakor Jaloliddin Isaqovlar taklif etildi.

    

Tadbir davomida mehmonlar Andijon farzandi shoh Bobur haqida o‘zlaridagi bor bilim va ma’lumotlarni yoshlar bilan baham ko‘rdilar. Shu kuni shoirlar tomonidan Boburga atalib yozilgan she’rlar o‘qildi. Xofizlar tomonidan buyuk shoirning g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar kuylandi. Institutimiz talabalari shoirning g‘azallari, ruboiylaridan parchalar o‘qidilar. Tadbir so‘ngiga qadar 220 dan ziyod talabalar Bobur Mirzo haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlab oldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi