Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 12-fevral kuni institutning Avtomobilsozlik fakulteti katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi 2019-yil 18-iyul kungi 4397-sonli qarorida keltirilgan yo‘l xaritasining 26-bandiga  asosan,  avtomobil   sanoati korxonalarida malaka oshirish va keyinchalik ishga olish uchun eng iqtidorli talabalarni aniqlash va saralab olish tizimini joriy etish bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

     Yig‘ilishni institut ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori U.Madraximov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U yig‘ilish qatnashchilarilariga   “UzautoComponents” Ma’suliyati cheklangan jamiyat mutassadi xodimlari; MCHJning Korporativ bandlik markazi raxbari Qosimov Doniyorbek, O‘quv korpusi rahbari Nabiev Javlonbek, Korporativ bandlik markazi mutaxassisi Mamajonov Azizbeklarni tanishtirdi.

     Buyurtmalar portfelini shakillantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Ismoilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyul   kungi 4397-sonli qarorida keltirilgan yo‘l xaritasining 26-bandiga  asosan,  avtomobil sanoati korxonalarida malaka oshirish va keyinchalik ishga olish uchun eng iqtidorli talabalarni aniqlash va saralab olish tizimini joriy etish bo‘yicha yuklatilgan vazifalar to‘g‘risida bitiruvchi talabalarga tushintirishlar berdi. Bu jarayon MCHJ xodimlari bilan kelishilgan holda belgilangan kunda har hafta o‘tkazilishi va xohlagan bitiruvchilar qatnashish istagi bo‘lsa, Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tishlarini aytib o‘tdi.

    Shundan so‘ng “UzautoComponents” Ma’suliyati cheklangan jamiyat Korporativ bandlik markazi rahbari  Qosimov Doniyorbek,  2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilariga yuqoridagi vazifani inobatga olib, ”O‘zavtosanoat”AJ tarkibiga kiruvchi Farg‘ona vodiysida joylashgan qo‘shma korxonalarni kerakli kadrlar bilan ta’minlash va avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan OTM ta’lim berish tizimini o‘zaro uyg‘unlashtirish maqsadida ”O‘zavtosanoat”AJ tizimidagi qo‘shma korxonalarga ishga qabul qilish  bo‘yicha iqtidorli bitiruvchilar bazasini yaratish yuzasidan axborot berib, ishga joylashish yuzasidan tegishli tavsiyalarni berdi.

     “UzautoComponents” Ma’suliyati cheklangan jamiyatning O‘quv korpusi rahbari Nabiev Javlonbek ixtisoslik bo‘yicha bitiruvchilarga yetuk mutaxassis bo‘lib ishga joylashish imkoniyatlari, yoshlarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib yetishishlarining ahamiyati haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi. “UzautoComponents” Korporativ bandlik markazi mutaxassisi Mamajonov Azizbek  iqtidorli bitiruvchilar bazasiga kiritishga nomzod talabalarga qo‘yilgan (ingliz va rus tillarini mukammal bilishi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan a’lo baholarga o‘qishi , muhandislik bo‘yicha ilg‘or kompyuter dasturlaridan foydalana olishi (Auto CAD, Autodesk, 3D-max), bitiruv malakaviy diplom ishi avtomobilsozlikdagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilganligi) talablar xaqida gapirib o‘tib, bitiruvchi talabalarga saralash test savollarini tarqatdi. Test yechish uchun 15 daqiqa vaqt berildi va muddat tugaganda so‘ng test natijalari tekshirilib, 71 baldan yuqori natijaga erishgan 12 nafar talabalar bilan ikkinchi bosqichdan o‘tish uchun alohida suhbatlar o‘tkazdi. Natijalarni esa tahlil qilingandan so‘ng kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda e’lon qilishga kelishildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishlicha va to‘laqonli javoblarni oldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi