Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutimiz xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo’icha Respublikamizda yetakchi o’rinlarni egallaydi. Jumladan, Institutimizda Yevropa Ittifoqi Erasmus dasturining 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “INTRAS”: “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi”) loyihasi bajarib kelinmoqda.

7 fevral kuni, Toshken shahrida Erasmus+ milliy ofisi Yevropa Komissiyasi rahbarligidagi Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat Ijroiya Agentligining (EACEA) umumiy qoidalari va rejasiga asoslangan holda Erasmus+ dasturining “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” (CBHE) yo’nalishi doirasida amalga oshirilayotgan 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “INTRAS: Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda AKTga asoslangan yangi magistratura dasturlarini yaratish” loyihasi monitoring uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Raspublikamizda faoliyat yuritayotgan Erasmus+ milliy ofisi director o’rinbosari Kudratkhon Bakhadirov, loyihalar menenjeri Gulshoda Karlibaeva hamda “INTRAS: Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda AKTga asoslangan yangi magistratura dasturlarini yaratish” loyihasi hamkorlari shu bilan bir qatorda institutimiz mahalliy kordinator fizika-matematika fanlari doktori L.O. Olimov ishtirok etdi.

Yig’ilishda Kudratkhon Bakhadirov hamda menenjer Gulshoda Karlibaevalar tomonidan Erasmus+ doirasidagi loyihalarni tashkil etish, ularda ishtirok etish bo’yicha yangiliklar berildi. So’ngra, “INTRAS: Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda AKTga asoslangan yangi magistratura dasturlarini yaratish” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar bo’yicha monitoring o’tkazildi. Monitoring yakunida olib borilayotgan ishlar yaxshi deb topildi.