Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Qo‘shni davlatlardan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Andijon mashinasozlik institutida 3-kunga yakun yasaldi. Hujjatlarni qabul qilish jarayonida hech qanday korruptsiya holatlari ro‘y bermadi. Bugun jami 535 nafar talabalarning hujjatlari qabul qilinib, qabul qilingan hujjatlar umumiy soni 1191 taga yetdi. Qabul jarayonida 50 nafardan ziyod institut hodimlari, ko‘ngilli talabalar jamoasi ishtirok etib, kun davomida ular tomonidan talabalarga hujjat topshirish tartibi haqida ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

     Bugungi qabul jarayoni o‘zgacha kayfiyatda o‘tdi. Bugun 9-fevral Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan institutga tashrif buyurgan talabalar tomonidan g‘azallar o‘qildi, jonli ijroda kuylangan qo‘shiqlar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi