Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 6-fevral kuni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida Andijonning bir guruh shoir, yozuvchi, dramaturg va rejissorlari bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

     Uchrashuvni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova olib bordi. Uchrashuv davomida Andijon viloyat ijodkorlar klubi raisi, shoir va yozuvchi G‘ani Majid boshchiligidagi ijodkorlar so‘zga chiqib o‘z ijod namunalaridan o‘qib tadbir ishtirokchilariga ma’naviy ozuqa ulashdilar. Shu kuni  Cho‘lpon jamoat fondini ijroji direktori, shoir, yozuvchi, dramaturg va rejissor Odiljon Hudoyberdiyevning  “Navro‘z” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

      Ijodkorlar tomonidan Odiljon Hudoyberdiyev ham inson sifatida, ham ijodkor sifatida barchaga namuna ekanligi aytib o‘tildi. Uning ijodi to‘g‘risida iliq fikrlar bildirildi.O‘z o‘rnida shoir ham barcha tadbir qatnashchilarini ijod namunalari bilan bahramand qildi. 

     Tadbir so‘ngida shoirlar bir qator mualliflik kitoblarini Axborot-resurs markazi fondiga taqdim etdilar. Ulashilgan kitoblar uchun, eng asosiysi tashrif uchun axborot-resurs markazi direktori R.Mamatov mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, barchalariga ijodiy parvoz tiladi.     

 

Omadbek Rayimjonov

Andijon mashinasozlik instituti muxbiri