Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasida, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan bo’lib otgan uchrashuvda, yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlagan, shuningdek, bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, matematik ongni, kerak boʻlsa, bogʻchadan boshlab shakllantirish vazifasini qoʻygan edi.

     Mazkur vazifalardan kelib chiqib 2020-yilning 4-fevral kuni  Shahrixon shahrida joylashgan 10-sonli musiqa va san’at maktabi majlislar zalida, AndMINING o‘z iqtidori va innovatsion loyihalari bilan viloyatimiz yoshlari orasida yetakchilik qilib kelayotgan bir guruh talaba-yoshlar hamda hududda joylashgan 11 ta umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan 200 dan ziyod o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

     Ilm-ma’rifat bilan kelajakka qadam tashlaymiz mavzusida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ushbu zaminda yashab, ilm-fan borasida butun dunyo xalqlariga mayoq bo‘lgan mutaffakkir olimlar Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek bobolarimizning ilm-fanga qo‘shgan hissasi va bu bugungi kundagi rivojlanishning asosi bo‘lib xizmat qilayotgani haqida suhbat  o‘tkazildi.

     Tadbirning ikkinchi qismida o‘quvchi-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida institutning Transport va logistika fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Uyg‘un asariga sahnalashtirilgan “Parvona” spektakli namoyish etildi.

 

     Tadbir so’ngida institut talabasi Xurshidbek Fayzullayev ijrosida vatanni, yoshlikni madh etuvchi qo’shiqlar jonli ijroda kuylandi. Tadbirda qatnashayotgan barcha ishtirokchilar ushbu qo’shiqlarga jo’r bo’ldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi