Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kuni kecha institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida institut rektori huzuridagi navbatdagi apparat yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida kun tartibidan o’rin olgan 27-yanvardan 1-fevral kunigacha hafta davomida bajarilgan ishlar, talabalar davomati to’g’risida prorektorlar va fakultet dekanlarining hisobotlari tinglandi. Yangi o’quv haftasi amalga oshirilishi kerak bo’lgan bir qator topshiriqlar belgilab berildi.

  

     Shuningdek apparat yig‘ilishi davomida institut rektori U.M.Turdialiyev taklifiga asosan institutning rektori hamda prorektorlariga qancha miqdorda qo‘shimcha haq to‘lash masalasi ilk bor kengash a’zolarining ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Kengash a’zolariga byulletenlar tarqatilib, yopiq ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Ovoz berish yakunlangan so‘ng sanoq komissiyasi tomonida hisoblanib chiqildi. Endilikda institut rektori oylik maoshiga qo‘shimcha 50%, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 40%, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor 40%, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor 30% haq olishi belgilandi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi