Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamlakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda tahlim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo‘qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo‘lida o‘z hissasini qo‘sha oladigan kadr bo‘lib yetishishlari uchun ko‘prik vazifasini barajib beradi.

     2020-yilning 27-yanvaridan 1-fevral sanalari oralig‘ida Andijon mashinasozlik institutiga Oltinkul tumanida joylashgan 12 va 28-sonli maktablarning 11-sinf, Bo‘ston tumanida joylashgan 15-umumiy ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi. O‘quvchilar uchun institut xodimlari tomonidan ekskursiya tashkil qilinib, oliygohda talabalarining bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasi, kutubxonalar, talabalar turar joyi, sport zallari, o‘quv va laborotoriya xonalari bilan yaqindan tanishtirildi. Institutdagi mavjud fakultetlar hamda yo‘nalishlar haqida atroflicha axborot berildi.

Odilov Otabek 

Institut matbuot kotibi