Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 31-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori U.M.Turdialiyev institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashdi. Bu safargi uchrashuv oldingilaridan farqli ravishda ma’lum nom ostida tashkil etildi. Press klub.

     Ilk bor Press klub shaklida tashkil etilgan uchrashuv barcha muammolarni o‘z ichiga qamrab oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Muammolar esa turlicha, o‘quv jarayoni, yotoqxonadagi yashash sharoiti, ma’naviy muhit. Press klubni 1-talabalar turar joyi talabalar sardori Nodirbek Madaminov olib bordi hamda o‘quv yili avvalidan boshlab an’anaga aylanib ulgurgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tadbirlari endilikda sekin-astalik bilan aniq reja asosida Press klub shaklida tashkil qilinishni boshlaganligi talabalar bilan muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yilishi va ulardagi mavjud muammolarni bartaraf qilinishida muhim ahamiyatga kasb etishi haqida so‘z yuritdi.

     Press klub davomida talabalar telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rektorning murojaatlarga javob beruvchi shaxsiy botning yo‘lga qo‘yilganligidan mamnun ekanliklarini aytdilar. O‘quv yili avvalidan boshlab, talabalar turar joylari kapital ta’mirdan chiqarilib, undagi komunal holat, ma’naviy muhitning tubdan yaxshilanganligi aytildi. Ammo ushbu holatni dastlabki ko‘rinishda saqlab qolish, kelgusida yanada yaxshilash uchun undagi muammolarni o‘z vaqtida chorasi ko‘rilmayotganligi, muammoni kattalashishiga sabab bo‘lib, hozirgi kunda bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotganligi haqida fikrlar bildirildi. Press klub davomida nafaqat institut TTJlaridagi, balki o‘quv jarayonida ucharayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida talabalarning takliflari eshitildi. Bu esa institutimiz yoshlarini oliygohning buguni va ertasiga befarq emasligidan dalolat beradi.

     Ayni shu kunlarda viloyat hokimi tomonidan joylardagi tuman va shaharlar hokimligini vaqtinchalik yosh kadrlarga ishonib topshirish amaliyoti ketmoqda. Aynan mana shu islohotdan andoza olgan holda institut rektori U.M.Turdialiyev institutdagi rahbar lavozimlarga talabalarni tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklifini berdi. Bu orqali talabalarni ularni ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularda kelgusida o‘zlarini yuqori lavozimlarda ko‘rishi, bu orqali ularni kerakli malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilishini aytib o‘tdi. Shuningdek talabalar turar joyida sport klubini tashkil etish, o‘zaro 1 va 2-TTJ talabalari o‘rtasida musobaqalar tashkil etishni yo‘lga qo‘yish ishlarini amalga oshirga kelishib olindi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi