Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 31-yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutining navbatdagi kengaytirilgan ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi.      

     Ilmiy Kengash institut rektori U.M.Turdialiyev ilmiy kengash kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida prezident oliy ta’lim tizimida e’tibor qatargan jihatlari haqidagi axboroti bilan boshlandi. Rektor, mamlakat rahbari Murojaat­nomada 2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga yetkazish, ushbu maqsadlarga shu yilning o‘zida byudjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratish, bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilish, bunga byudjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etishi, 2020-yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasini kapital ta’mirlash, shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning sonini 141 taga yetkazish, pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etish, maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazish, qizlar uchun alohida grantlar ajratish, Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerakligi, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish, bunda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratish, misol tariqasi ona tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish, mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish, oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish, joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanishi haqidagi fikrlarini keng mushohada qilib amaliy ishlar uchun rejalar ishlab chiqish zarurligini aytdi. Murojaatnoma borasida ilmiy kengash a’zolarining ham fikrlari eshitildi va inobatga olindi. Ilmiy kengash qaroriga asosan Institutning har bir kafedra mudiri, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini bandma-band o‘rganishlari, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan dars mashg‘ulotlarida uning mazmun mohiyati talabalarga yetkazish, Murojaatnomada bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, institutda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

     Shuningdek bu galgi ilmiy kengashning kun tartibidan o’rin olgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz  malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmoni bo‘yicha institutda bajarilayotgan ishlar haqida, ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qayta attestatsiya komissiyasining xulosasi, unda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Andijon mashinasozlik institutining yo‘l xaritasi hamda uni amalga oshirish mexanizmi haqida, institutning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida, yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritiladigan fanlar haqida, institutda faoliyat yuritayotgan Akademik innovatsiyalar fondining “O‘zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish” loyihasi doirasida kafedra filiallarini tashkil etilishi kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi