Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Buyuklar o‘lmaydilar, balki qalblarda mangu yashaydilar! O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nafaqat buyuk siyosiy arbob sifatida, balki O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi sifatida O‘zbek xalqining xotirasida mangu muhrlanib qoladi. Islom Karimov butun jahon miqyosida yuksak xurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan siyosiy ustoz sifatida tan olingan.

     2020-yilning 29-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi Andijon  viloyat kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 82-yilligi munosabati bilan “Islom Karimov mustaqillik asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

     Tadbirda  O‘zbekiston Ma’naviyat targ‘ibot markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov, “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi X.Omanov,institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Yo‘ldasheva, Fuqarolik jamiyati shakllanishni monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi F.Ataxanov, shuningdek Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilaridan M.Nazarov, Q.Muftaydinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi R.Yusupova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov, dekan o‘rinbosarlari  hamda institutning 200 dan ziyod talabalari ishtirok etdilar.

 

     Tadbir avvalida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov tadbir ochib, bugungi tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va uning mazmun-mohiyati haqida talabalarga qisqacha tushuncha berib, uni olib borish uchun so’zni “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi X.Omanovga berdi.

     Tadbirni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi X.Omanov olib bordi va birinchi prezidentimiz haqida, ularni olib borgan adolatli siyosati, mustaqillikka erishilgan yillari juda katta jasorati va bilimi bilan mamlakatni rivojlanish sari boshlagani haqida so‘z yuritdi.

     Tadbir davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Yo‘ldasheva o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xo‘jaobod tumanidagi qishloqqa birinchi prezidentimiz tashriflari buyurganligi, tashrif chog‘ida u kishi uchrashib suhbat qurish baxtiga muyassar bo‘lganligi haqida to‘lqinlanib gapirdi. Haqiqiy xalqparvar inson timsoli sifatida qalbimizga muqim o‘rnashgan inson, hayotlik chog‘idayoq juda ko‘p mamlakat rahbarlariga adolatli siyosatchilik borasid ustoz hisoblangan inson bilan zamondosh bo‘lganligidan faxrlanishini aytib o‘tdi.

     Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov – “Islom Karimov mamlakatni 25 yil yil boshqarish davrida, xalqning buyuk tarixi, urf-odatlari, ma’daniyatini qayta tiklagan, bu orqali o‘zbek millati o’zini qayta angladi. Birinchi prezidentimiz rivojlangan mamalakatlarning andozasini milliyligimizni saqlab qolgan holda olgan zakovatli shaxs edi”-deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

      Institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova ushbu oliygohda uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatgan xodim sifatida oliygohni markaziy Osiyoda yagona Andijon mashinasozlik institutiga aylanishida aynan Islom Karimovning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Aynan birinchi prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan institutda hozirda malakali muhandis-texnologlar yetishib chiqayotganligi, mashinasozlik institutini faoliyati aynan Andijon viloyatida yo‘lga qo‘yilganmligi yoshlarimiz uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochganligini aytdi.

     Tadbir yakunida I.A.Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Institut talabalari tashabbusi bilan tasvirga olingan videorolik barchaga manzur bo‘ldi.

     Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Buning uchun mehmonlar tomonidan tashkilotchilarga, institut rahbariyatiga xususan rektor Umid Muxtaraliyevich Turdialiyevga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi