Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatini telegramdagi sahifasida habar berilishicha viloyat hokimi Baliqchi tumanidagi obodonlashtirish ishlari,  qishloq xo‘jaligida hozirgi kundagi olib borilishi zarur bo‘lgan ishlar, jamoat tashkilotlarining hamkorligi, ayniqsa Yarashtirish komissiyalari bilan birgalikda oilaviy nizolarni bartaraf etishda ularning o‘rni va ahamiyati, barcha jabhalarda tuman markazidan tortib, to chekka qishloqlarigacha barchada  uyg‘onish kayfiyati bo‘lishi zarurligi to‘g‘risida topshiriqlarni bergan. Bu borada yana bir bor  yosh rahbarlarning yonida turishga va’da berdi. Viloyatimiz hokimi har bir tumanning mutasaddi bo‘lgan rahbarlari  tuman uchun fidoiylik bilan ishlaydigan davr kelganligi, yoshlar uchun bu borada qanday yordam zarur bo‘lsa tayyor ekanligini uqtirib o‘tgan. 

     Baliqchi tumani hokimi (v.v.b) Shahrizod Musaboev: – hokimlik vazifasi shunday ekanki, ilohiy kuch-quvvat berilar ekan,  xalqimizning roziligi yo‘lidagi  ulkan mas’uliyat ortidan xattoki uyqu ham qochib ketar ekan.

Suratlar @andpress manbasidan olindi

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi