Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda 2020-yil 20-yanvar kunidan 2020-yil 25-yanvar kunigacha hafta davomida bajarilgan ishlar hamda yangi haftada amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida institutning barcha prorektorlari hamda bo‘lim boshliqlarining hisobotlari tinglandi.

    Hususan hafta davomida talabalarning dars mashg‘ulotlariga qatnashishdagi davomati, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida darslar nazorati yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilganligi, o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-siyosiy tadbirlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

     Boshlangan o‘quv haftasi davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan bir qator topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi