Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    2020-yilning 25-yanvar kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori U.M.Turdialiyev, Andijon shahar IIOFMB boshlig‘i podpolkovnik S.X.Usmonov, Andijon shahar IIOFMB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Y.Azimjonov, Andijon shahar IIOFMB 4-IIB boshlig‘i  podpolkovnik P.N.Mamajonov, profilaktika inspektori, F.S.Yuldashev, dekan o‘rinbosarlari hamda 220 nafar talabalar ishtirok etdilar.

     Davra suhbati avvalida jinoyat ko‘chasi kirib qolib, umrining eng gullagan vaqtini temir panjaralar orasida ming afsus va nadomatlar bilan o‘tkazayotgan yoshlarning hozirgi kundagi holati aks etgan video-rolik namoyish etildi.

     Davra suhbati davomida ichki ishlar organlari xodimlari viloyatda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan yengil va og’ir turdagi jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari yoshlarni bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va maqsadli tashkil etishda qator kamchiliklar borligini aytib o‘tdi. Oilada nosog‘lom muhit, ota-onalar tomonida farzandlar tarbiyasi, ularning kun tartibidan o‘rin olgan mashg‘ulotlaridan bexabarligi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bunga bepisandlik bilan qarashlari natijasida yoshlar o‘zlari bilmagan holda jinoyat yo‘liga kirib qolayotganliklari haqida so‘z yuritdilar.

     Yoshlar orasida aynan mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun talabalardan bugungi tadbirni nafaqat tinglovchilari sifatida, balki jamiyatning oliy bo‘g‘ini sifatida o‘z tengdoshlari orasida keng targ‘ib qilishda IIB ga ko‘mak ko‘rsatish maqsadga muvofiq ekanligi aytib o‘tildi.

     Davra suhbati ochiq muloqot shaklida davom ettirilib, talabalarning yuqoridagi holatlar yuzasidan fikrlari, jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risidagi takliflari va savollari tinglandi va soha xodimlari tromonidan atroflicha javoblar berildi.

     Davra suhbati yakunida institut rektori U.M.Turdialiyev tashrif uchun mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, bunday tadbirlarni muntazam tashkil etib borishda institut jamoasi hamkorlikka hamisha tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi