Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 29-dekabr kuni mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan uchrashgan va ushbu uchrashuvda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida bir qator vazifalar belgilab bergan edi. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020-yil 17-yanvardagi 04-13/220-sonli topshiriq xatiga asosan joriy yilning 1-fevral kuniga qadar har bir oliy ta’lim muassasasi rahbariyati ishtirokida boshlang‘ich tashkilot “Yoshlar kengashi”ning kengaytirilgan yig‘ilishi tashkil etish so‘ralgan.

     2020-yilning 25-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi katta anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2020-yilda rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Kengaytirilgan yig‘ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov, boshlang‘ich tashkilot yetakchisi B.Safarov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari M.Matisayev, viloyat kengashi bosh mutaxassisi U.Mirsaydullayev hamda institutning 200 nafardan ziyod talabalari ishtirok etdilar.

     Yig‘ilishni institut matbuot kotibi O.Odilov olib bordi va yig‘ilishni ochib berish uchun so‘zni A.Ermatovga berdi.

     A.Ermatov o‘z so‘zida uzoq yillar mobaynida yoshlar bilan bevosita ishlash jarayonida yildan-yilga ulardagi qiziqish, intilluvchanlik, salohiyatning yuqoriligi sifatli ta’limga bo‘lgan talabning ortib borayotganligiga, ayniqsa bu texnologiya asrida tubdan jadallashganligiga guvoh bo‘layotganligini aytib o‘tdi. Erishilayotgan yutuqlar esa yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan yoshlarning salohiyati hisobiga bo‘layotganligi haqida so‘z yuritib, boshlang‘ich tashkilot negizidagi yoshlarni safi yanada kengayishiga tilakdosh bo‘ldi.

    Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiton yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.Safarovga berildi. B.Safarov institutda 2019-yil davomida boshlang‘ich tashkilot tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar aks etgan taqdimotini yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga havola qildi va ushbu taqdimotda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni atroflicha sharhlab bordi.

     Shu kuni kengash xodimlari O’zbekiton yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan “2019-yilning eng na’munali oliy ta’lim muassasasi” so‘rovnomasida Andijon  mashinasozlik instituti g‘oliblikni qo‘lga kiritganligini e’lon qildilar. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari M.Matisayev sovrinni topshirar ekan, bugungi kunda Andijon mashinasozlik instituti talabalari nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, ilm-fan, innovatsion g‘oyalar sohasida balki ijtimoiy tarmoqlarda ham eng yetakchi ekanliklarini isbotlaganliklarini, bu esa oliygoh yoshlari va jamoasi birgalikda yakdil ish olib borishlaridan dalolat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi