Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

22-yanvar kuni institutda 2019 yil fevral va mart oylarida malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan institut professor-o’qituvchilari uchun kurslarda o’qish va malaka oshirish davomida faoliyatini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida seminar o’tkazildi.

Seminarda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida» 2019 yil 27 avgustdagi PF-5789-son Farmoni qabul qilinganligini, ushbu farmon asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 senyabrdagi 797-sonli “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori qabul qilinganligini bildirib, ushbu xujjatlar asosida “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to’g’risida nizom” tasdiqlanganligini bildirib, unga asosan rahbar va pedagogik kadrlarni uzluksiz malakasini oshirish tizimini samarali faoliyat yuritishida xar bir rahbar va pedagog xodimning mas’uliyati yuqoriligini ta’kidladi.

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to’g’risida”gi Nizomning mazmun va mohiyatini tushuntirib, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot berdi. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayoni xamda uning turlari (mutaxassislik bo’yicha mustaqil malaka oshirish, muqobil malaka oshirish, ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita o’qish), elektron portfolio tizimi, on-layn o’qish shartlari. baholash mezonlari hamda muqobil malaka oshirish shakllari bo’yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

Gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi F. Toyloqova yig’ilganlarga “Professor-o’qituvchining portfoliosini shakllantirish” bo’yicha ma’lumot berdi.

SHu bilan birga ma’ruzachilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslarida o’qishning o’ziga xos jihatlari, o’qish tartibi va baholash mezonlariga oid savollarga javoblar berildi.

YUqoridagilar bilan bir qatorda malaka oshirish kurslarida o’qishi rejalashtirilgan professor-o’qituvchilarga ushbu jarayonga xozirdan mas’uliyat bilan yondoshish zarurligini yana bir bor ta’kidlandi.