Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy majlisga Murojaatnoma yo‘lladi. Soat 10:30 da boshlangan Murojaatnoma qariyb 3 soat davom etdi. Andijon mashinasozlik instituti mazkur tadbirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Institutning katta anjumanlar zalidan boshlab, Axborot-resurs markazi, kafedralarda, institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ushbu murojaatni diqqat bilan kuzatib bordilar.

     Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatnomasida oliy ta’lim tizimini ham chetlab o‘tmadi. Prezident oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytilishini,qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratilishni ma’lum qildi hamda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqatirilishi haqida so‘z yuritdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi