Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 18-yanvar kuni institutning Avtomobilsozlik fakulteti faollar zalida talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlikni va korruptsiyani oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Andijon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Y.Azimjonov, IIOFMB Andijon shahar 4-son IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov, 3-son IIB boshlig‘i podpolkovnik A.Ibrohimov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, dekan o‘rinbosarlari, Transport va logistika fakultetning 120 dan ziyod talabalari hamda institutning 20 dan ziyod professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova olib bordi. M.Xaliqova kirish so‘zida bugungi kunda yoshlar orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va korruptsiyani oldini olish borasida huquq-targ‘ibot organlari xodimlari bilan ko‘plab profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganligi lekin shunga qaramasdan joylarda yoshlar tomonidan turli og‘ir jinoyatlar sodir etilayotganligi bu kabi tadbirlar ko‘lamini kengaytirishni talab qilayotganligi haqida so‘z yuritdi.

     Shundan so‘ng IIOFMB Andijon shahar 4-son IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov so‘zga chiqib, o‘z so‘zida 4-son IIB hududida hamda viloyatimizda sodir etilgan jinoyatlar haqida hisobot berdi. Jumladan, hududda joylashgan oliy ta’lim muassasasi talabalari orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, firibgarlik, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish qilish, korruptsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilayotganligi, bu borada joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish uchun talaba-yoshlarni, o‘z-o‘zini boshqarish organini faollikka chaqirdi.

     Yig‘ilish davomida Andijon shahar IIOFMB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Y.Azimjonov so‘zga chiqdi. Y.Azimjonov o‘z so‘zida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, hech bir ishni e’tiborsiz qoldirmaslik, nafaqat institut hududida , balki har shaxs o‘zi yashab turgan QFY, MFY hududlarida, hattoki o‘zlari yashab turayotgan oilalarda uchrayotgan har qanday mayda janjallarni ham oldini olish maqsadida o‘z hududlaridagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini ta’kidladi. Shuningdek Izboskan tumanida yoshlar tomonidan sodir etilgan mudxish jinoyatlar tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng Y.Azimjonov, jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha 3-4 sonli IIB boshliqlari hamda hududiy profilaktika inspektorlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tdi.

     Yig‘ilish tanqidiy ruhda ochiq muloqot shaklida bo‘lib, ishtirokchilaro‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Yig‘ilish yakunida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Sirojiddinova yig‘ilishda ko‘tarilgan mavzudan hulosa qilib, ko‘p qavatli hamda mahallalarda ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularni hushyorlikka, ogohlikka chaqirish nafaqat ichki ishlar organlari hodimlarini, balkim institutda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ustoz-murabbiylarning fuqarolik burchi ekanligini ta’kidladi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi