Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 17-yanvar kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan Erasmus+ dasturining “Yoshlarning salohiyatini oshirish” ga qaratilgan loyihalar bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

     Institutning Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakultetida tashkil etilgan davra suhbatida institut qoshidagi Talabalar assotsiatsiyasi koordinatorlari, Xalqaro aloqalar bo‘limi hodimlari ishtirok etdilar.

     Davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad institut talabalarini bir qator xalqaro grantlar va loyihalarda munosib ishtirokini ta’minlash, ularga bu borada dastlabki ko‘nikmalar va tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi. Bu borada Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z.Jo‘rayev tomonidan kerakli ko‘rsatmalar berildi. Davra suhbati davomida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov talabalarni xorijiy grantlarda ishtirok etishi juda katta ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

     Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan davra suhbati so‘ngida Erasmus+ dasturi doirasidagi bir necha loyihalar ustida ish olib borish harakatlari boshlandi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi