Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bugungi kunda yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularni tadbirkorlikka o‘rgatish, o‘zlarining shaxsiy bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari uchun juda ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Joylarda o‘tkazilayotgan biznes treninglar, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar ko‘lamini ortib borayotganligi tufayli yoshlarda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Buni samarasi o‘laroq hozirda yoshlarimiz orasida kichik biznesdan tortib, yirik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganlar talaygina.

     Navbatdagi seminar 2020-yilning 16-dekabr kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida Hunarmand uyushmasi Andijon viloyat boshqarmasi rahbari Shaxlo Soliyeva ishtirokida tashkil etildi. Seminarda 220 nafar talabalar qatnashib, mutaxassis orqali kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

     Seminar davomida Hunarmand uyushmasi Andijon viloyat boshqarmasi faoliyati va mamlakatimiz rahbarining Andijonga tashrifi davomida viloyatimiz hunarmandlariga berilgan yuqori baho hamda bu sohani rivojlantirish maqsadida imzolagan qarorlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Uchrashuv savollarga  boy bo‘ldi. Jarayon davomida savollarga javob berish barobarida mutaxassis tomonidan tadbirkor-yoshlarning bir qator muammolari yechib berildi.     

     Seminar so‘ngida institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va Andijon mashinasozlik institute hamda boshqarma bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarining bardavom bo‘lishi har ikki tomon manfaatlari uchun xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi