Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyati IIB boshlig’ining maslahatchisi podpolkovnik O. Yo’ldoshev hamda viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo’limi boshlig’i podpolkovnik X. Sodiqovlar  Andijon Mashinasozlik institutining «Avtomobilsozlik» fakultetida talabalar bilan uchrashuv-muloqot o’tkazdilar.

Uchrashuv-muloqotda ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda axloqsizlik va zo’ravonliklarning targ’ib etilayotgani, bu esa yoshlarimiz ongini buzayotgani, bunday illatlarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlash, yoshlar o’rtasida nazoratsizlik,  huquqbuzarliklarni oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan muntazam profilaktik tadbir o’tkazilayotganiga qaramasdan, afsuski, ular tomonidan ayanchli jinoyatlarning sodir etilayotgani ham hayotiy misollar orqali aytib o’tildi.

Muloqot davomida talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishib,  ularga yetarli darajada javoblar oldilar. Bu kabi o’tkazilayotgan tadbirlardan asosiy ko’zlangan maqsad yoshlar ongida jinoyatchilikka qarshi muhit yaratishdir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati