Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2020-yilning 15-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi katta anjumanlar zalida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida institut rektori boshchiligida barcha prorektorlar, faxriy ustozlar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i olib kirildi hamda davlat madhiyasi ijro etildi.

      Tadbirning rasmiy qismini institutning Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova olib bordi va tadbirni ochib berish uchun so‘zni institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevichga berdi.

     Institut rektori barchani ushbu bayram bilan muborakbod etar ekan, Baynal-Minal urushi davrida xizmat qilib, hozirda institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar hamda bir qator hodimlarni alohida e’tirof etdi. Ularga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alarini topshirdi.

     Sobiq-sovet ittifoqining 15 mingdan ziyod askarlari halok bo‘lgan, 10 yil davom etgan urushning bevosita ishtirokchilari bo‘lgan institut hodimlari shu kuni, o‘z xotiralarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar. Bugungi kungi nurafshon tong, tinchlik zamon uchun qanchadan-qancha safdoshlari o‘z jonlarini fido qilganlari haqida so‘z yuritib, tinchlikni qadri beqiyos ekanligi, undan unumli foydalanish har bir yosh avlod uchun ham qarz ham farz ekanligini uqtirdilar.

     Shundan so‘ng institutning faxriy ayol professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlari tomonidan bayram egalari tomon tabriklar guldastasi yo‘llandi.  

     Shundan so‘ng tadbirning rasmiy qismi ortda qoldirilib, badiiy qismga murojaat qilindi. Tadbirning badiiy qismini Transport va logistika fakulteti talabalari Begzod Negmatov hamda Oltinoy Soxibovalar olib bordilar.

      Tadbirning badiiy qismi Transport va logistika fakulteti talaba-qizlarining Dilxiroj raqsi bilan boshlandi.

     Transport va logistika fakulteti 3-bosqich talabasi Xurshidbek Fayzullayev ijrosida Askar qo’shig’i barchaga manzur bo’ldi.

     Innovatsion texnologiyalar fakulteti 1-bosqich talabasi Abdulxatova Mohlaroyim vatan himoyachilarini madh etuvchi she’r ijro qilib, bayram bilan muborakbod etdi.

     Tillar kafedrasi katta o’qituvchisi Nurmatova Nasibaxon ijrosida «Shukr qil» taronasi ijro qilindi.

     Institut ayol professor-o’qituvchilari hamda talaba-qizlari ijrosida O’zbek xalq laparlari tinglandi.

     Avtomatika va elektrotexnika fakulteti talabasi Mehrinoz Kimsanova ijrosida «Dilnavoz» kuyi.

    Institutning Quvnoq va zukko yoshlari Beklar jamoasi o’zlarining bayramona hazillari bilan barchaga a’lo kayfiyat ulashilar.

     Tadbir yakunida bayram dasturi ishtirokchilari birgalikda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Mendurman o’sha taronasi jonli ijroda kuylandi. Tadbirga institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Akmaljon Ermatov yakun yasab berdi.

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot kotibi