Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Vatan uchun xizmat qilmoq eng oliy sharaf, eng maqbul yumush. Uni tinchligini jondek asrab avaylash, nafaqat harbiy xizmatchilarni balki barchamizni burchimizdir. Harbiylarimiz sarhadlarda yurt tinchligi uchun zahmat chekayotgan bo’lsalar, biz esa mana tinchlikdan unumli foydalanib vatan ravnaqi yo’lida bilim olmoqdamiz, mehnat qilmoqdamiz. Bu ham qaysidir ma’noda vatan himoyasining bir ko’rinishi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bugun aynan mana shunday fidoiylarning bayrami mamlakatimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.

     2020-yilning 14-yanvar kuni shahrimizning markaziy ko’chalari harbiy libos kiygan o’gil-qizlar bilan gavjum  bo’ldi. Harbiy orkestr jo’rligida viloyatimizning turli xil korxona va tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, yoshlar bir saf bo’lib shahrimiz bo’ylab saf yurishlarida qatnashdilar. Ular safida Andijon mashinasozlik instituti talaba-yoshlari ham vatanni madh etuvchi saf qo’shiqlari bilan munosib ishtirok etdilar.

   

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi