Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyatida 5 ta muhim tashabus doirasida yoshlarni kitob o’qishga qiziqishini oshirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida, Qadrdon maktabimga kitob sovg’a qilaman” aktsiyasida institut rektori va prorektorlar, dekanlar faol ishtirok etmoqdalar.

Institutimiz professor-o’qituvchilari ham «Qadrdon maktabimga kitob sovg’a qilaman» aktsiyasida faol ishtirok yetishmoqda. Ayniqsa, bir qator uztozlarning o’zi ta’lim olgan maktablarga tashrif buyurishi, ushbu aktsiyani yuqori saviyada o’tishiga zamin bo’ldi.

Andijon mashinasozlik instituti Sirtqi bo’limi boshlig’i U.Xolmatov 2020 yil 8-yanvar kuni o’zi tahsil olgan 32-maktabga badiiy, ilmiy adabiyotlar taqdim etdi.

Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakulteti dekani SH.Daliyev 2020 yil 8-yanvar kuni o’zi tahsil olgan Izboskan tumanida joylashgan  30-maktabga badiiy, ilmiy adabiyotlar taqdim etdi.