Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    Shu kunlarda viloyatimizning barcha korxona, tashkilot va muassasalarida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28-yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Ayniqsa bu tadbirlar viloyatimizdagi harbiy qismlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi bayram tadbiri Andijon mashinasozlik instituti   hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilib, 2020-yilning 13-yanvar kuni Andijon shahridagi 7255-sonli harbiy qismda bo‘lib o‘tdi.

     Bayram tadbiri davomida institutning Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig‘i Muxtaram Xaliqova harbiy qismda o‘z yigitlik burchini ado etayotgan zobid, serjant va ofitserlarni O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 28-yilligi, shuningdek “Vatan himoyachilari kuni” bilan qizg‘in muborakbod etdi.

     Bayram dasturi davomida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan raqslar ijro qilindi hamda viloyatimizning umidli honandalari ijrosida qo‘shiqlar kuylandi.  Ular qatorida Quvnoqlar va zukkolar respublika ko‘rik tanlovi final bosqichi ishtirokchilari, institutning Beklar jamoasi bayramona hazil chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Jamoa tomonidan kulguga qorishtirilgan holda sahnaga olib chiqilgan harbiycha hayot tarzi, unda uchraydigan kundalik voqealar aks etgan sahna ko‘rinishlar harbiy xizmatchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi