Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyat hokimligi tomonidan shaxsan birinchi  rahbarlar, rahbar o‘rinbosarlari o‘zlari ta’lim olgan umumta’lim maktabiga 10 donadan  kitoblar sovg‘a qilish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmasidan kelib chiqib, viloyatda 5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlarni kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, kitobxonlikni kеng targ‘ib qilish maqsadida, “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aktsiyada institutimiz professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Ayniqsa, bir qator uztozlarning o‘zi ta’lim olgan maktablarga tashrif buyurishi, tadbirni yuqori saviyada o‘tishiga zamin bo‘ldi.

Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.Ermatov ham o‘zi tahsil olgan Asaka tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori qisqacha kirish so‘zi bilan tadbirini ochib berar ekan, yurtimizda mustaqillik yillarida ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. O‘z navbatida yoshlarga Andijon mashinasozlik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.Ermatov hayoti va bosib o‘tgan yo‘li ibrat sifatida ko’rsatilib, kelajakda ustozning yo‘lidan borishga undadi.

Tadbir davomida Q.Ermatov so‘z olib, barchani kirib kelgan 2020-yil bayrami bilan muborakbod etar ekan,  5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlarni kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, kitobxonlikni kеng targ‘ib qilish maqsadida maktab ma’muriyatiga kitoblar va institut rektorining estalik sovg‘alarini taqdim etdi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi