Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2020-yilning 10-yanvar kuni Buloqboshi tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari uchun institutda ekskursiyalar tashkil etildi. Ekskursiya davomida o‘quvchi-yoshlar institutda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar, institutning moddiy texnik bazasi, Axborot-resurs markazi, o‘quv zallari, laborotoriya xonalari, talabalar turar joyida yashash uchun yaratilgan sharoitlar, 5 ta muhim tashabbus asosida tashkil etilgan xonalar bilan yaqindan tanishtirildi.

     Shu kuni maktab o’quvchilari uchun institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov tomonidan institutdagi mavjud fakultetlar, yo‘nalishlar, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va shular zamirida erishilgan yutuqlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi