Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 9-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi katta anjumanlar zalida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan bir qator yirik sanoat korxonalari vakillari hamda institutning bitiruvchi talabalari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

     Uchrashuvda “Uz Auto Motors” AJ Xodimlar boshqaruv Direktsiyasi xodimi – B.Urayimov, OOO “Avtokomponent” korxonasi Bosh direktori – A.Abdullaev, Yetakchi mutaxassis –  K.Akbarov, “O‘z-Auto-Austem” QK Sifat menejmenti tizimi bo‘limi sertifikatlashtirish muxandisi – A.Satibaldiev, AJ “Uz Se Myung Ko” Ma’muriyat bo‘limi mutaxassisi – I.Mo‘minov, Xodimlar bo‘limi mutaxassisi – M.Xamidov, Xo‘jalik ishlari boshlig‘i – Sh.Mamatov, Ishlab chiqarish o‘qitish ustasi – A.Axmadjonov, , “Uz Koram Ko” QK ISM bo‘limi boshlig‘i – X.Ataullaev, “Uz Dong Ju Peint Ko” QK Mahalliylashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari – I.Komilov, Texnika va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i – Q.O‘rinov, Umumiy bo‘lim boshlig‘i – O.Akbarov, Mutaxassis – A.Tojimatov, “Uz Tong Xong Ko” QK Xodimlar boshqaruv bo‘limi rahbari – U.Madragimov, Ma’muriyat rahbari – D.Musaev, AJ “Uz Kodji” QK Ma’muriyat rahbari – Sh.Abduraximov, Mahalliylashtirish bo’limi boshlig‘i – M.Yuldashev, “Uz Dong Von Ko” QK Sifat direktori – M.Davletov, Ishlab chiqarish direktori – I.Samadjonov, “Uz Dong Yang Ko” QK Xodimlarni boshqarish bo‘limi mutaxassisi – A.Muzafarov, Yoshlar yetakchisi – A.Ismailov, hamda Andijon mashinasozlik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.M. Ermatov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov, fakultet dekani T.Turg‘unov, dekan o‘rinbosarlari, institutning yo‘nalish kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” va “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishining jami 220 nafar bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.


     Uchrashuv avvalida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.M. Ermatov so‘z oldi. Q.Ermatov o‘z so‘zida seminar ishtirokchilariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909 va PQ-3151-sonli Qarorlarida hozirgi kunda OTMlar oldiga jahon standartlari talablariga mos hamda Respublikamiz korxonalari talablariga javob beradigan yukori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi qo‘yilganini bildirib, ushbu dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalani hal etishda Andijon viloyatidagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ta’lim yo‘nalishlarining malakaviy talablari, o‘quv reja va dasturlarini qayta ko‘rib chiqilayotgani va buning asosida zamon talablariga mos bitiruvchi talabalar tayyorlashga katta e’tibor berilayotganini aytib o‘tdi.

     So‘ngra Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov quyidagicha axborot berdi:

     Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoevning respublikamiz OTMlari oldiga  qo‘ygan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutidagi mavjud ilmiy salohiyatni e’tiborga olib Hukumatimiz tomonidan yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yuksak e’tibor qaratilayotgan bir davrda ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalari ayniqsa, kichik biznes subyektlari uchun ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj asosida mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.

     Shundan so‘ng “Uz Auto Motors” AJ Xodimlar boshqaruv Direktsiyasi xodimi – B.Urayimov, institut bilan “Uz Auto Motors” AJ  hamkorlikda zamon talablariga mos bitiruvchi talabalar tayyorlashda ko‘pgina ishlar qilinayotganligi va korxonaga ishga kirish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida so’z yuritdi.

     

OOO “Avtokomponent” korxonasi Bosh direktori – A.Abdullaev so‘zga chiqib , hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalari o‘zlari uchun kadr tayyorlamoqchi bo‘lsa, institutning 1-kurs talabalarini korxonalarga taklif etib, ularni qiziqtirishdan boshlash kerakligini, korxona ularni 4-kursga bilimi, ko‘nikmasi va malakasini korxona talablaridan kelib chiqib shakllantirishi lozimligini gapirdi.

     AJ “Uz Se Myung Ko” qo‘shma korxonasidan Avazbek Axmadjonov so‘zga chiqib, bitiruvchi kurs talabalariga bitirganlaridan so‘ng ishga joylashish yuzasidan tegishli axborot hamda tavsiyalarni berdi. Jumladan nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini oshirish bo‘yicha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmalar olish, ishlab chiqarish korxonalarida malakaviy amaliyot va diplom oldi amaliyotlarini o‘tash, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni, nazariy bilim bilan birga amaliyotda ham ya’ni, korxonalarga talabalar haftada bir marotaba borib o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, hozirgi kundagi yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishishlarini aytib o‘tdi.

     Andijon mashinasozlik instituti “TMJ” kafedrasi mudiri Sh.Abdulxakimov so‘zga chiqib bitiruv malakaviy ishini ko‘proq ishlab chiqarish bilan bog‘lab, talabalar diplom oldi amalyoti davrida imkoni boricha ko‘proq ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazishi to‘g‘risida gapirdi va o‘zini takliflarini aytdi.

        “Uz Tong Xong Ko” qo‘shma korxonasi Ma’muriyat rahbari D.Musaev ixtisoslik bo‘yicha bitiruvchilarga yetuk mutaxassis bo’lib ishga joylashish imkonlari, zaruriy bilimlarga talab va ehtiyoj hamda yoshlarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib yetishishlarining ahamiyati haqida batafsil nutq so‘zladi.

       Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishlicha va to‘laqonli javoblarni oldilar.

     Mazkur uchrashuv bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ta ahamiyatli amaliy yordam sifatida baholandi. Kelgusida uchrashuv formatini kengaytirish xususida kelishib olindi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi