Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining katta anjumanlar zalida 2019 yil 31 dekabr kuni institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ilmiy kengash yig’ilishida Kengash a’zolari, bo’lim boshliqlar, kafedra mudirlari hamda barcha professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Ilmiy kengashda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi.

1 a). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr kungi Muhammad al-Xorazmiy nomli maktabdagi yoshlar bilan uchrashuvi haqida.

Notiq – institut rektori  U.M. Turdialiyev

b).O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni bo’yicha institutda olib borilayotgan ishlar haqida.

Notiqlar – institut rektori  U.M. Turdialiyev,  o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M. Ermatov

v). O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 18 dekabrdagi “YAkuniy davlat attestatsiya imtihonlari jarayonining shaffofligini ta’minlash to’g’risida”gi 1156-sonli buyrug’ining ijrosi haqida.

g). Institutda o’qitiladigan fanlarni o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati to’g’risida. 

Notiq – o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M. Ermatov

2 a). Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida.

b). Monitoring va ichki nazorat bo’limining 2019 yil bo’yicha faoliyati yuzasidan hisoboti va 2020 yilga ish rejasini tasdiqlash.

v). Andijon mashinasozlik institutiga 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan kelib tushgan murojaatlar hisoboti to’g’risida.

Notiq – Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i   B.Abdukarimov

3 a). Institutning ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’yicha 2019 yil hisoboti.

b). Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash rejasi va dasturi haqida.

Notiq – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorU.A. Madrahimov

4 a). Germaniya Federativ Respublikasiga talabalarni 6 oylik amaliyotga borishi haqida.

b). Xorijiy davlatlarga borayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan institutga chet el adabiyotlarini olib kelinganligi to’g’risida.

Notiq – Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev

  1. Institut ishchi guruhi tomonidan 2019 yil 17 dekabr kuni fakultetlar dekanatlari faoliyatini o’rganish natijalari bo’yicha ma’lumot.

Notiq –Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.B.YUsupova

  1. Axborot texnologiyalar markazida 2019 yil davomida olib borilgan ishlar haqida hisobot.

Notiq – Axborot texnologiyalar markazi boshlig’i G’.Parpiyev 

  1. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limda 2020 yil uchun stajyor-tadqiqotchilik institutini tashkil etish va ushbu institutga qabul jarayonini tashkil etish to’g’risida.
  2. Stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish to’g’risida.

Notiq – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor U.A. Madrahimov

SHu bilan birga Ilmiy kengash yig’ilishida lavozimlarga tanlovlar hamda dotsent ilmiy unvoniga saylov ham o’tkazildi.