Bosh ofisi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi kirib kelgan Yangi yil munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutiga tabrik yo’lladi.
«Qadrli do’stlarim,
Sizlarni kirib kelgan yangi 2020-yil bilan samimiy qutlaymiz. Avvalgi yillarda Sizlar bilan o’rnatgan hamkorligimiz bilan muhim natijalarga erishdik.
Ishonamizki, 2020-yil barchamiz uchun muvaffaqiyatli kelib, birgalikda hamkorligimizni yangi bosqichlarga ko’taramiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt hamda omadlar tilaymiz!
Samimiy ehtirom ila,
«NAT-TEST» jamoasi»