Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PQ – 2897 sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 8 avgustdagi 602-sonli “Tadbirkorlar uchun o’quv kurslari tashkil qilish va o’tkazish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Savdo sanoat palatasi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish Respublika markazi Andijon viloyati filiali (Rahbar A.Turdiyev) tomonidan Andijon mashinasozlik institutining mustaxkam moddiy – texnika ba’zasiga, internet tarmog’iga hamda sifatli auditoriyalarga ega ekanligini inobatga olib, 2019 – 2020 o’quv yilining har choragida bir xaftalik o’quv kursini o’tkazish rejalashtirilgan. Institutning mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalariga 16 – 20 sentyabr hamda 16-20 dekabr kunlari bir haftalik o’quv seminarlari bo’lib o’tdi. Seminarda faol ishtirok etgan talabalarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.