Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik institutida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 dekabr kungi №1122 – sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, o’quvchilarning qishki ta’tilini mazmunli o’tkazish hamda ta’til davrida professor-o’qituvchilar faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha maxsus dastur ishlab chiqildi.

 

      Ushbu tadbirlar rejasida talabalar ta’tili davrida institut professor-o’qituvchilari uchun “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 2019 yil 20 dekabr – 2020 yil 4 yanvar kunlari oralig’ida seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan bo’lib, buning asosida ta’til davrini o’z ichiga olgan dars jadvali ishlab chiqilgan. Unga asosan 20 dekabr kunidan boshlab institutda mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

     Seminar mashg’ulotlarining birinchi kunida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q. Ermatov tomonidan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi” mavzusida, ikkinchi kunida Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti dekani J. Raxmatullaev “Xalqaro ta’lim tizimi” mavzusida ma’ruza qildilar. SHu bilan birga institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda ishtirok etmoqdalar.

 

      Seminarnig keyingi kunlarida “Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvidagi xujjatlar”, “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi” (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), “Institut professor-o’qituvchilarning kasb etikasi” (Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A. A. Ermatov), “Modulli o’qitish tizimi” (Axborot texnologiyalar bo’limi boshlig’i G’. Parpiyev), “Innovatsiya va innovatsion rivojlanish” (Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor U.A.Madraximov), “Institut potentsialini rivojlantirishga qaratilgan xorijiy xamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar” (Halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev), “Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar” (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi O. Po’latova) va boshqa mavzularda ma’ruzalar o’tishi belgilangan. Ma’ruzalar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda doimiy ishtirok etishi belgilangan.

       Seminar mashg’ulotlari yakunida institut Axborot texnologiyalar markazi kompyuter zalida barcha professor-o’qituvchilardan Prezident asarlari, Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari, Pedagogika va pedagogik texnologiyalar, Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va ingliz tili fanlariga oid savollarni o’z ichiga olgan easy Quizzy dasturida tayyorlangan testlar bo’yicha sinovlar o’tkazish rejalashtirilgan.