Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“El-yurt umidi” jamg`armasining Malaka oshirish dasturi bo`yicha stipendiati – institutimizning “Avtomobilsozlik” kafedrasi assitenti Oybek Tursunov, fond granti asosida kuni kecha Polsha Respublikasida malaka oshirish kursini boshladi.

Mazkur malaka oshirish kursi Polshaning Gliwice shaxridagi Sileziya Texnologiya Universitetida professor Grzegorz Przybyla rahbarligida olib borilishi ko`zda tutilgan bo`lib, 2020 yil yanvar oyi yakunigacha davom etadi.  

Eslatib o`tamiz, avvalroq “El-yurt umidi” jamg`armasining stipendiyalar tanlovida g`olib bo`lgan institutimiz professor-o`qituvchilarini taqdirlash marosimi haqida xabar bergan edik.