Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti bo’yicha 2019/2020 o’quv yilida o’qishni bahorgi semestrdan davom ettirish uchun talabalarni O’QISHNI QAYTA TIKLASH bo’yicha arizalarini qabul qilish 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 20 yanvargacha institut ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi.

Xujjatlar O’quv – uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonovga taqdim qilinadi. Xujjatlar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) qabul qilinadi.

 

     Talabalar o’qishini qayta tiklash bo’yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Talabalar safidan chetlashtirilgan buyruqdan ko’chirma.
  2. Reyting daftaridan nusxa (dekanat tomonidan tasdiqlagan holda).
  3. Pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi).
  4. Delo (ipli).

     Rektor nomiga ariza va izoh hati.