Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel kungi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2909 qarorini 3 va 4 – bandlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutiga Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti Psixologiya instituti direktori, p.f.n., dotsent Maksimova Lyudmila Aleksandrovna 2019 yil 18 dekabr kuni institutning Transport va logistika fakulteti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi tomonidan taklif etildi. Tashrif mobaynida mutaxassis institut professor-o’qituvchilari, doktarantalari, magistrantlari va iqtidorli talabalar bilan uchrashib “Международное сотрудничество в сфере науки и образования, публикации в журналах Scopus и Wos” mavzusida seminar trening o`tkazildi.

 

 Maksimova Lyudmila Aleksandrovna 2019 yil 18 dekabr kuni “Transport va logistika” fakulteti dekani Sh.Daliyev va dekan o`rinbosari G.Sativaldiyeva fakultetning “5111000 Kasb ta’limi (YeUTT)” yo’nalishi 2 kurs 291-18 guruh talabalariga tanishtirildi. Ushbu guruhda o’quv jarayonida belgilangan “Kasbiy psixologiya” fanidan xorijiy mutaxassis o’quv mashg’ulotlariga jalb etildi. Lyudmila Aleksandrovna fan o’quv dasturidan kelib chiqib “Transport va logistika” fakulteti binosi auditoriyasida 4 (to’rt) soat ma’ruza va 2 (ikki) soat amaliy mashg’ulotlarini jami 6 (olti) soat o`quv mashg`ulotlar “Kasbiy moslashuv va ijtimoiy psixologik moslashuv” xamda “Tafakkur va kasbni egalash” mavzularida o’tkazib berdi. Dars kizg’in bahs munozara tarzda o’tkazildi – talabalar mavzu doirasida kasbni tanlash, mehnat jarayonida o’tgandan keyin kasbga psixologik tarafdan moslashuvi, bilim, tajriba, dunyoqarash doirasini kengligini o’zgarishi, uning darajasini aniqlash xamda tafakkur insonni aqliy faoliyatining yuksak shakli ekanligini, tafakkur orqali sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va xodisalar ongimizda aks ettirilishi xaqida mutaxassis tarafidan berilgan tushunchalarga ega bo’ldilar. Talabalar mavzuni o’rganish davomida ma’ruzachiga savollar berib qoniqarli javoblar oldilar.

Andijon mashinasozlik instituti xamda Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti xamkorlik shartnoma asosida Ural davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan “Moliyaviy savodxonlik” mavzusi doirasidagi Xalqaro forumida institut “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi professor o’qituvchilarining ishtiroki uchun minnadorchilik bildirib, UrDPU rektori S.A.Minyurovaning tashakkurnomalarini yetkazdi.