Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
- Ingliz tili da erkin muloqot qila olishi; (IELTS sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar qoʻllab-quvvatlanadi)
- Nomzodlar oʻz yoʻnalishi boʻyicha yaxshi va a’lo baholarga oʻqiyotgan boʻlishlari;
- Fakultet dekani nomidan tavsiyanoma;
- “Electronic Information Engineering” yoʻnalishi boʻyicha aniq maqsad va vazifalarga ega ekanligi;
- Nomzod ishchi komissiya uchun oʻz taqdimotini oʻtkazadi (ingliz tilida).
Tanlovda gʻolib bʻolgan 8 nafar talabalar 2019-2020 oʻquv yilining bahorgi semestrni Shimoliy Xitoy Texnologiyalari Universiteti da davom ettirish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Quyidagi xarajatlar nomzodlar tomonidan qoplanishi talab etiladi:
- Borib-kelish samolyot chiptalari – 3000 RMB (RMB – Xitoy yuani);
- Yotoqxona xarajatlari – 3000 RMB (bir semester uchun);
- Kunlik xarajatlar – 1000 RMB (bir oy uchun,taxminan);
Nomzodlar ishchi komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.
Nomzodlarni tanlab olish jarayoni ishchi komissiya tomonidan joriy yilning 20-dekabr kuni amalga oshiriladi.
Nomzodlar ingliztilida yozilgan resume (CV) lari va fakultet dekani nomidan tavsiyanomani (scan version with stamp and sign) joriy yilning 20-dekabr kuniga qadar apply-andmi@mail.ru elektron pochtasi yoki +99890 387 71 70 telegram manziliga yuborish soʻraladi.