Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti jamoalari Qozog’iston Respublikasi Olmaota shahrida o’tkazilgan kompyuterda dasturlash bo’yicha ACM ICPC 2019-2020, NERC – Northern Eurasia finals – jahon chempionati yarim finalida qatnashdi

 

2019 yil 1-dekabrda bir vaqtning o’zida 4 shaharda (Sankt-Peterburg, Barnaul, Olmaota, Tbilisi) ACM ICPC Programming 2019-2020 Northern Eurasia mintaqasida talabalar jamoalari o’rtasida xalqaro dasturiy olimpiada yarim final bosqichi bo’lib o’tdi.

Bunda institutimizning 2 ta jamoasi  yarim finalda qatnashdi.

  1. Andijan Machine Building I: NewStar ( jamoa a’zolari – Mansurbek Mamurov, Muxtoriddin Erkinboev, Abduxalilov Mirzoxid);
  2. Andijan Machine Building I: NeMeSiS (jamoa a’zolari – Qudratbek Toxirov, Bekzodbek Mamajonov, Abdukarimov Muxammadsodiq)

CHempionat tashkiliy qo’mitasi raisi Suliev Rasim Niyazovichning taklifiga binoan jamoalarimiz joriy yilning 30-1-dekabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Olmaota shaxridagi Qozog’iston-Britaniya Texnika Universitetida chempionatning yarim final musobaqalarida qatnashdilar. Northern Eurasia mintaqasi deyarli barcha MDH mamlakatlaridan (Ukraina va Moldovadan tashqari) universitet jamoalarini o’z ichiga oladi. Bundan Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog’iston (40), Qirg’iziston (15), O’zbekiston (20) va Tojikistondan (5) 80 ga yaqin jamoalar Olmaotada ishtirok etishdi. Bundan tashqari Northern Eurasia mintaqasining boshqa hududlarda o’tkazilgan musobaqalarda ham jamoalar Jahon chempionati finali yo’llanmasi uchun musobaqalarda qatnashdilar.Barcha jamoalar 30-noyabr kuni soat 10:30 dan 17:00 gacha ro’yhatdan o’tkazildi.Bu olimpiadada 12 ta masala berildi va masalalarni yechish uchun 5 soat vaqt berildi. Birgina ACM ICPC Programming 2019-2020 Northern Eurasia Programming Contest da jami 350 ta jamoa ishtirok etdi. 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bunda jamoalar ishtirok etish shartlari va joylari bilan tanishib chiqdi.12:30 da olimpiada asosiy qismi boshlandi. 17:30 da olimpiada yakuniga yetdi. 18:00 da natijalar e’lon qilindi va g’oliblar taqdirlandi.