Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Joriy yilning 17 dekabr kuni “22-dekabr – Energetiklar kuni” munosabati bilan “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasi hamda xamkor korxonalar: “Andijon viloyati xududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Uzenergoinspektsiya” Andijon xududiy bo’limi, “Uz Avtomotors” AJ, “Uz Avtokompanent” MCHJ shaklidagi boshqaruv kompaniyasi, “Uz XanWoo” ko’shma korxonasi, “Uz Dong Ju” qo’shma korxonasi, “Spektr” xususiy korxonasi, “Singlida” MCHJ shaklidagi qo’shma korxonasi, ”Uz ToNg Xong So” ko’shma korxonalari bilan “Iqtisodiyot  sohalari uchun raqobat bardosh yuqori malakali energetiklar tayyorlash muammolari” mavzusida seminar o’tkazildi.

    Seminarda xamkor korxonalar vakillari, institut professor-o’qituvchilari, “EEE” yo’nalishi talabalari, magistrantlar va doktorantlar faol ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi “Iqtiosdiyot soxalari uchun raqobatbardosh yuqori malkali energetiklar tayyorlash muammolari yechimlari” yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.

     Tadbir davomida Andijon viloyati xududiy elektrtarmoqlari AJ raxbariyati tomonidan “EEE” yo’nalishining bir qator talabalari qimmatbaxo sovg’alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

     Seminarning tantanali qismidan so’ng bayram qismi o’tkazildi: fakultet va kafedra professor-o’qituvchilarning farzandlari, iqtidorli talabalar o’zlarining maxsus tayyorlangan bayramona dasturlari bilan chiqib, mexmonlarni xushnud qildilar.