Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori U.A.Madrahimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Doktorantlar maktabi”ning navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Seminar mavzulari doktorantlarning taklifi bo‘yicha tanlandi.

1-mavzu: “Scopus platformasiga kirgan ilmiy jurnallarga maqola tayyorlab topshirish”.

2-mavzu: “Dissertasiyani himoya qilishga topshirish va himoyagacha bo‘ladigan muammolar”.

     Birinchi mavzu bo‘yicha Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti 3-bosqich doktoranti, Italiyada Scopus Avard-2019 tanlovi sovrindori (2-o‘rin) Akmaljon Rustamov qiziqarli ma’ruza qildi. Maqolani tayyorlab, Scopus platformasiga kirgan ilmiy jurnalni tanlab, topshirishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi.

Shuningdek, ilmiy izlanuvchilarga yordam tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “ProofReading Services” portali tashkil etilganligi (http://proof.mininnovation.uz/ ) haqida ham axborot berib o‘tildi.

      Ikkinchi mavzu bo‘yicha yaqinda falsafa doktori ilmiy darajasini himoya qilgan Sharifjon Sulaymonov ma’ruza qildi va mustaqil izlanuvchi hamda doktorantlarning savollariga javob berdi.