Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik institutida 13 dekabr kuni doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning yillik attestasiyasi o‘tkazildi. Attestasiya hay’ati tarkibi institut rektori U.M.Turdialiyev raisligida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlardan iborat bo‘ldi.

    Doktorantlar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 mayda 304 raqamli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” talablari va shaxsiy ish rejalari bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar. Ularning har bir bajargan ishlari sinchiklab o‘rganib chiqildi va hay’at a’zolari tomonidan munosib baholandi. Attestatsiya natijalari bo‘yicha 6 nafar 3-bosqich doktorantlarining ishlarini yakunlab, dissertatsiya va avtoreferatlarini OAK ga topshirganlari qayd etilib, ishlari yaxshi deb baholandi. 5 nafar 2-bosqich doktorantlaridan 3 nafarining faoliyati yaxshi, 2 nafariniki qoniqarli, deb baholandi. 16 nafar 1-bosqich doktorantlaridan 1 nafari ishlari “qoniqarli” qolganlariniki “yaxshi” va “a’lo” deb baholandi, shuningdek, 3 nafarini ishlari yakunlanish arafasida ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.