Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kuni kecha institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida institut rektori huzuridagi navbatdagi apparat yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari ishtirok etdilar.

     Yig’ilish avvalida institut rektori joriy yilning 4-8 dekabr kunlari Rossiyning Rostov davlat iqtisodiyot universitetiga qilgan safar tafsilotlari taqdimoti bilan tanishtirdi. Jahondagi 1000 ta eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatorida yuqori o’rinlarda turuvchi ushbu universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar, o’quv hamda amaliyot jarayonlaridan andoza olgan holda Andijon mashinasozlik institutida ham huddi shunbday islohotlarni joriy etish masalasini ko’tardi va bir qator takliflar bildirdi.

     Yig’ilish davomida kun tartibidan o’rin olgan 2-dekabrdan 7-dekabr kunigacha hafta davomida bajarilgan ishlar, talabalar davomati to’g’risida prorektorlar va fakultet dekanlarining hisobotlari tinglandi. Yangi o’quv haftasi amalga oshirilishi kerak bo’lgan bir qator topshiriqlar belgilab berildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi