Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti va Ufa davlat neft-texnika universiteti o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida “Fizizka va kimyo”, “EEE” kafedralari hamda magistaratura bo’limi tashabbusi bilan joriy yilning 6-dekabr sanasida Ufa davlat neft-texnika universiteti professori texnika fanlari doktori N.Rahimov Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi.

Texnika fanlari doktori N.Rahimov dastavval institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov bilan uchrashib, kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar hamda istiqbolli rejalar haqida kelishib olindi. Shundan so’ng professor N.Rahimov institutning 3-bosqich “EEE” yo’nalishi talabalariga maruza darslarini olib bordi.

Navbatdagi uchrashuv institutning professor-o’qituvchilari, doktorantlari hamda magistrantlari bilan bo’lib o’tdi. Uchrashuvda professor N.Rahimov ilmiy ishlanmalarga potent olish jarayonlari, uning bosqichlari, qonun qoidalari hamda “Scopus”da maqolalar chop etish maslalari bo’yicha seminar teryning olib bordi. Seminar qizg’in savol javoblar bilan bo’lib o’tdi. Barcha tinglovchilar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Professor N.Rahimovning tashrifi davom etmoqda, kelgusi 2 kun davomida mexmon institutda belgilangan jadval asosida dars mashg’ulotlarini olib borishi rejalashtirilgan.