Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yil 6 dekabr kuni institutga Qirg’iziston Respublikasi Osh Texnologiyalar universitetining (OshTU) dekani Jorobekov Bolotbek Astaevich, kafedra mudiri Toltosunov Almazbek Askarovich, Kibernetika fakultetidan SHodmonov Inomjon SHaumanovich va talabalari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Osh Texnologiyalar universiteti vakillariga institut faoliyati haqida ma’lumot berildi hamda Axborot resurs markazi, kafedralar, laboratoriya xonalari bilan tanishtirildi. Kelgusida Osh Texnologiyalar universiteti bilan xamkorlik aloqalarini o’rnatish, o’quv, uslubiy, ilmiy sohalarda o’zaro hamkorlik qilish  bo’yicha kelishib olindi.