Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

TechWomen asosiy maqsadi Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo va yaqin SHarqdan ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bo’yicha ayollarning keyingi avlod rahbarlarini tayyorlash, qo’llab-quvvatlashni maqsad qilib, ularni malakalarini oshirishga, orzularini ro’yobga chiqishiga yaxshi imkoniyat yaratadi. YUqorida ko’rsatilgan mintaqalarda 21 mamlakatlardan taxminan 108 ayol STEM sohasidagi mutaxassislari 2019 yil sentyabr oyida Kaliforniyaning San-Fransisko ko’rfazidagi Silikon vodiysiga, ilm-fan va texnologiyada hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan intensiv almashinuv uchun safar qilgandilar.

SHimoliy Afrika va yaqin SHarq, Afrika va Janubiy va Markaziy Osiyodagi 21 mamlakatlardan yana taxminan 108 ayol STEM sohasidagi mutaxassislari 2020 yilning sentyabr oyida ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan besh haftalik intensiv almashinuv uchun AQSHda bo’lishi uchun mazku dastur e’lon qilinadi .

 Ayollarning arizalari quyidagi   oltita yo’nalishda tanlab olinadi: Axborot texnologiyalari, yashil texnologiyalar (ekologiya, biologiya), Fan, Internet, biotexnologiya hamda telekommunikatsiya. Nomzodlar ingliz tili mahoratiga ega bo’lishlari kerak, sababi dastur butunlay ingliz tilida olib boriladi,.

SARALASH JARAYONLARI

TechWomen a’zolari quyidagi giper havolada https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/techwomen/ keltirilgan   talablar asosida saralanadi. Arizalar sanoat rahbarlari va mintaqaviy ekspertlardan iborat mustaqil tanlov qo’mitalari tomonidan ko’rib chiqiladi. YArim finalchilar AQSHning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari bilan suhbatdan o’tadilar.

TAXMINIY TANLASH VAQTLARI

15 YAnvar 2020: dastur yopiladi

Aprel 2020: yarim finalchilar bilan aloqaga chiqiladi

May 2020: yakuniy tanlov qarorlari qabul qilinadi

Sentyabr-oktyabr 2020: Amerika techies dasturi

ARIZA BERISH MUDDATI

Arizalar 2020 yil 15 yanvar kuni soat 22: 00 (O’zbekistonda mahalliy vaqt bilan) ingliz tilida onlayn tarzda topshirilishi kerak.

Dastur va ilova haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun AQSHning Toshkentdagi elchixonasi saytiga tashrif buyuring.

Iltimos, do’stlaringiz va boshqa potentsial ayol nomzodlar uchun bu e’lonni tarqatishda tortinmang.