Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Qonun ustuvorligi – barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi”.

     Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to’ldi. Ushbu sanani keng nishonlash, bu orqali yoshlarimizning qonun borasidagi bilimlarini mustahkamlab borish ishlari har bir oliy ta’lim muassasalari amalga oshrilib kelinmoqda.

     2019-yilning 5-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida ushbu kunga bag’ishlangan tantanali yig’ilish va bayram dasturi tashkil etildi. Tantanali yig’ilishda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qobiljon Ermatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Akmaljon Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ulug’bek Madrahimov, Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi Ra’noxon Yusupova, fakultet dekani o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda 200 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

     Tantanali yig’ilish O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiya tadbir ishtirokchilari tomonidan jonli tazrda kuylandi.

     Yig’ilishni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i Muxtaram Xaliqova olib bordi va tadbirni ochib berish hamda tabrik uchun so‘zni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Akmaljon Ermatovga berdi.

     Akmaljon Ermatov barchani Kontitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yillik bayrami bilan muborakbod etar ekan, hamisha qonun ustuvorligi yurtimizda bardavom bo‘lishini tiladi. Adolat mezoni hisoblangan bosh qomusimiz, unda keltirib o‘tilgan moddalar haqidagi bilimlarimizni mustahkamlashimiz, kelajakda xalqimizga og’ishmay xizmat qilishimizga zamin yaratishini aytib o‘tdi.

     Tantanali uchrashuv davomida Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Nargiza Qurbonova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti Saidabror Yusupov hamda EEE yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Muzrobxonov Muhammad-A’zamxonlarning ham bayram tabriklari tinglandi.

     Shundan so‘ng tantanali yig’ilishning rasmiy qismi ortda qoldirilib, badiiy qismga murojaat etildi. Bayram dasturi davomida tomoshabinlar yakkaxon hamda guruh ko‘rinishidagi raqslardan bahramand bo‘ldilar.

     Badiiy dastur davomida Avtomatika va elektrotexnika fakulteti talabalari tomonidan “Biz bo‘lmasak bu yurtga kim fido bo‘lgay” nomli kompozitsiyasi namoyish etildi.

     Tadbir yakunida tadbirda faol ishtirok etgan talabalar institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi