Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha mamlakatimiz rahbari tomonida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 1-bandida nazarda tutilgan Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish bo’yicha institutda amaliy ishlar davom etmoqda.

     2019-yilning 3-dekabr kuni institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev topshirig’iga asosan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor tomonidan O’zbekiston xalq artisti, Chingiz Aytmatov xalqaro mukofoti sohibi, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri  direktori Mirza Azizov bilan uchrashuv tashkil etil etildi.

  

     Katta anjumanlar zalida bo’lib o’tgan uchrashuvda professor-o’qituvchilar, fakultet dekani o’rinbosarlari hamda 250 nafardan ziyod  talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Mirza Azizov hayotda biror bir natijaga erishish uchun inson faqatgina mehnat va o’z ustida ishlashdan to’xtamasligi kerakligi, har bir qilinayotgan ish intihosi insonlarga manfaatli bo’lishini maqsad qilingan holda bajarilishi zarurligini ta’kidlab o’tdi. Mirza Azizov O’zbekiston xalq artisti sifatida, ham oddiy bir inson sifatida o’zining hayot tajribasi bilan o’rtoqlashdi, talabalarga qimmatli maslahatlarini berib o’tdi.

 

     Suhbat davomida talabalar tomonidan turli-tuman savollar bilan murojaatlar bo’ldi. O’zim uchun eng ma’qul savolga berilgan javobni keltirib o’tmoqchiman.

 

     Talabadan savol:

     Agar vaqtni ortga qaytarish imkoni bo’lganda, nimani o’zgartirishni xohlagan bo’lar edingiz?

     Mirza Azizov:

     Onam meni 49 yoshida dunyoga keltirganlar. Agar vaqtni ortga qaytarishni imkoni bo’lganida, men oilada kenja farzand emas, balki eng to’ng’ich farzand bo’lib dunyoga kelishni istagan bo’lar edim. Sababi, mening ota-onam hozirgi yutuqlarimga guvoh bo’la olmay olamdan o’tib ketishgan. Agar katta farzand bo’lganimda balkim, oz bo’lsada muvaffaqqiyatlarimdan suyungan bo’larmidi? Hozir ularni haj safariga yuborish, yurtimizning eng so’lim go’shalariga istirohat uchun olib borishga imkoniyatim yetarli, ammo ular yonimda yo’q. Agar ota-onangiz hayot bo’lsa, ularga bugunning o’zidan kechiktirmasdan ularga yaxshi ko’rishingizni ayting, to’yib bag’ringizga bosing. Balki bu kimgadir erish tuyular, lekin kun kelib shunday qilishni sog’inasiz! Shoshiling! Zero vaqt kutib turmaydi!

 

     Uchrashuv so’ngida faxriy mehmonga institut rektorining tashkkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi va esdalik uchun suratlarga tushildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi