Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” yurtimizning barcha hududlaridagi ta’lim muassasalari keng nishonlanmoqda. Shu qatori Andijon mashinasozlik institutida ham ushbu kunga bag’ishlangan bayram tadbiri alohida tayyorgarlik bilan yuqori saviyada tashkil etildi.

    2019-yilning 3-dekabr kuni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi institut jamoat tashilotlari, institutning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbir chinakamiga bayramona ruhda o’tdi.

     Bayram tadbirini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi.

 

Tadbir davomida institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov, O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, institutning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi T.Almatayevlar so’z olib, bugungi bayram bilan tadbir qatnashchilarini muborakbod etdilar va bayram sovg’alarini ulashdilar. 

     Shu kuni go’zal dasturxon atrofida jam bo’lgan mehmonlar tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari jamoasi tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturdan bahramand bo’ldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi