Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 29-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev institutning Transport va logistika fakulteti 2-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida rektor bugungi suxbatni hech qanday “devor”larsiz, erkin, ochiqlik va oshkoralik tamoyili asosida tashkil etish, mavjud muammolarni ochiq-oydin, boricha eshitish uchun tashrif buyurganligini ta’kidlab o’tdi.

     Uchrashuv davomida talabalar o’quv jarayoni, talabalar turar joyi, institutda olib borilayotgan ta’lim tizimidagi bir qator muammolar haqida savollar bilan murojaat qildilar. Institut rektori har bir savolga atroflicha javob berish barobarida bildirilgan e’tirozlar asosli ekanligi aytib o‘tdi. Barcha muammolar ustida ularni hal etish bo‘yicha harakatlar boshlanganligi, bosqichma-bosqich ularni bartaraf etish bo‘yicha reja ishlab chiqilganligi va aynan shu reja asosida kelgusida muammolarga albatta barham berilishini ta’kidladi.

     Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev:

     Maqsadimiz institutda sifatli ta’lim olish tizimini yanada takomillashtirish.   Mavjud muammoni bartaraf etishdan avval uni aniqlash zarur. Bu kabi uchrashuvlarni tashkil etilishidan ham asosiy maqsad ham aynan shu. Institutdagi mavjud muammolar hal qilinishida eng avvalo siz talabalarga suyanaman.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi