Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 26-noyabr kuni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov rahbarligida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish markaziy axborot tahlil markazi yetakchisi ekspert Aropov Sherzodbek, Andijon viloyati IIB xodimi Qaxramon Abdurahimov, Andijon viloyati sud narokomaniya eksperti raisi Shuhrat Turankulovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 04-1024-sonli xatida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida  institut Anjumanlar zalida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbir bo’lib o‘tdi.

   Tadbirda  “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining 200 dan ziyod talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalarga narkotik moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillari to‘g’risida ma’lumotlar yetkazildi. Shundan so’ng talabalarga  narkotik moddalarni inson organizmiga salbiy ta’siri mavzusida video rolik namoyish etildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi