Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Joriy yilning 22-dekabr kuni Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘ladigan saylovlar mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea bo‘lib, butun xalqimiz qatori siyosiy partiyalar uchun ham katta siyosiy maktab bo’lib xizmat qilishi shubhasiz. Ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etish barchamizning vatanimiz oldidagi oliy burchimiz hisoblanadi.

     Saylovlarning muqobillik va oshkoralik tamoyillari asosida, dunyoda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos holda o‘tishi ko‘p jihatdan siyosiy partiyalarning ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi hamda chuqur o‘ylangan yangi g’oya va maqsadlar, dasturlar bilan ularda faol ishtirok etishiga bog’liq. 

     Kuni kecha Andijon mashinasozlik instituti “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasi tashabbusi bilan siyosiy partiya vakillari ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.

     Davra suxbatida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish, shu yil dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g’risida, bu boradagi eng muhim va dolzarb masalalar xususida atroflicha fikr yuritildi. 

    Tadbir so‘nggida bugungi davr hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda, siyosiy partiyalar ishini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar, amaliy takliflar bildirildi.

 

Xayrullo VASIEV – Andijon mashinasozlik instituti “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi katta oqituvchisi